O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Mutaxassis tavsiyasi: Ro‘za tutish umrni uzaytiradimi?

Eng qiyin qism – ilk ikki kun. Oziq moddalar ichaklar orqali so‘rib olingandan so‘ng tanamiz jigar va mushaklarda to‘plangan glyukozadan quvvat olishga harakat qiladi. Ro‘za tutayotgan paytingiz bosh og‘rig‘i va aylanishi, ko‘ngil aynishini his qilishingiz, nafasingiz siqishi mumkin.

Suvsizlanishdan ehtiyot bo‘ling - 3-7 kun. Ro‘za payti suv ichish muhim, ayniqsa, yoz oylarida.
Ro‘za tutishga o‘rgana boshlaysiz - 8-15 kun. Ro‘za tutish davomida anchayin yengillashgan tana boshqa funksiyalarga o‘z eʼtiborini qaratish imkoniga ega bo‘ladi. Shunday qilib, ro‘za tutish tananing o‘zini-o‘zi davolash xususiyatlari, shuningdek, infeksiyalarga qarshi kurashish qobiliyatiga ham ijobiy taʼsir ko‘rsatadi.

Ichni tozalash - 16-30 kun. Ramazonning so‘nggi qismida tanangiz ro‘za tutishga butunlay ko‘nikib bo‘ladi. Bu vaqtga kelib yo‘g‘on ichak, jigar, buyrak va terilarda tozalanish jarayoni boshlanib ketadi.

Shifokor Farrux Shernazarov

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech