O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan dori vositasini sotganligi uchun “Buxmed” dorixonasi faoliyati tugatildi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Toshkent shahar xududiy bo‘linmasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlari natijasiga ko‘ra Toshkent shahar, Uchtepa tumanida joylashgan “BUXMED” masʼulyati cheklangan jamiyatiga tegishli dorixona filiali litsenziya talab va shartlarini qo‘pol ravishda buzganligi (muvofiqlik sertifikatisiz dori vositasini chakana realizatsiya qilganlik) holati aniqlandi.

Mazkur holat bo‘yicha Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar xududiy bo‘linmasining “BUXMED” MCHJga dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun 2018 yil 19 yanvarda berilgan TN №936-1-sonli litsenziyaning amal qilishini tugatishni so‘rab G‘ijduvon tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan daʼvo arizasi sudning 2021 yil 15 aprel kunidagi 4-2003-2101/74-sonli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi va “BUXMED” MCHJ dorixona filialiga dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun berilgan  litsenziyaning amal qilishi tugatildi.

Maʼlumot uchun O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 4 yanvardagi «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida»gi O‘RQ-399-sonli qonunining 20-moddasiga binoan, cifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini xarid qilish, chakana realizatsiya qilish hamda ulardan foydalanish taqiqlanadi.

Shuningdek, sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, shuningdek dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun berilgan namunaviy (oddiy) litsenziya qanday vaziyatlarda to‘xtatib qo‘yilishi haqida bu yerda o‘qishingiz mumkin.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech