O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Namangan va Farg‘ona viloyatlarida dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangi Namangan tuman bo‘limi tomonidan, IIB va DSI bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Namangan shahrida yashovchi fuqaro A.N. tanishi B.ning xonadonini og‘zaki kelishuvga asosan ijaraga olib, sanitariya-gigiyena talablari va tibbiy buyumlarni saqlash qoidalariga rioya etmagan holda, umumiy qiymati 550,3 mln so‘mlik tegishli hujjatlari bo‘lmagan 196 turdagi dori vositalari hamda tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Qo‘qon shahar bo‘limi tomonidan DXX hamda IIB Farg‘ona viloyati boshqarmalari bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “B.C.” MCHJ rahbari Sh.N. MCHJga qarashli dorixonada fuqaroga 182 dona “Regapen” hamda 10 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini 3,3 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonada yana 1092 dona “Regapen” nomli dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech