O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Nega O‘zbekistonda antitanachalarga ommaviy test o‘tkazilmayapti?

AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Sevara Ubaydullayeva ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

— Koronavirusga qarshi vaksina qachon tayyor bo‘ladi?

— Olimlarning fikricha, vaksinani ommaviy mikdorda ishlab chiqish uchun 2 oydan 2 yilgacha vaqt ketishi mumkin.

Shu hafta Rossiyaning Gamalei nomidagi mikrobiologiya institutida koronavirusga karshi ishlab chiqilgan vaksina bilan institutning barcha xodimlari emlangani va hozircha hech qanday asoratlar kuzatilmagani haqida xabar berishdi.

Biroq bu hozircha tajriba ekani taʼkidlanmoqda.

— Qatʼiy karantin joriy qilingan vaqtda har kuni 5-10 nafar bemor aniqlanardi, karantin yengillatilishi bilan bu ko‘rsatkich bir necha o‘nliklarga chiqdi. Bunga qanday izoh berasiz?

— Qatʼiy karantin rejimi mamlakatda birinchi koronavirus aniqlangan paytdan joriy qilingan va hozirgacha saqlanib qolingan. Faqatgina so‘nggi ikki haftada davolanganlar soni kasallanganlar sonidan ortganda karantin shartlarini bosqichma-bosqich yengillatishga qaror qilindi.

— Koronavirusdan himoyalanish uchun profilaktik dori ichish kerakmi?

— Koronavirusning medikamentoz profilaktikasi yo‘q!

Kasallikni oldini olishning yagona yo‘li — karantin choralariga rioya qilish. Immunitetni ko‘tarish uchun esa jismoniy faollik kerak.

— Nega O‘zbekistonda antitanachalarga ommaviy test o‘tkazilmayapti?

— Hozirgi kunga qadar koronavirusni aniqlash va davolash va muloqotda bo‘lganlarni karantinga olish masalalari bilan shug‘ullandik. Antitanachalar davolanib chiqqan bemorlarda paydo bo‘ladi.

Aholi orasida IFA tahlilini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

— Nogironligim bo‘yicha sanatoriyda davolanishim uchun koronavirus yo‘qligi to‘g‘risida maʼlumotnoma so‘rashyapti. Men pul to‘lab tekshiruvdan o‘tamanmi?

— Epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining buyrug‘iga asosan, koronavirusni aniqlash uchun PZR tahlili bugungi kunda bepul qilinadi.

Manba

__

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar bizning @Uzpharm_agency telegram-kanalida
Manzilimiz: 100084 Toshkent shahri, Chingiz Aytmatov ko‘chasi, 1-A uy.
Telefon: (998 71) 203-81-81
Elektron manzil: farmagentlik@minzdrav.uz 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech