O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Nizolarni sudgacha hal qilish bo‘yicha apellyatsiya kengashi tashkil etildi

Agentlikda jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organlari o‘rtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish bo‘yicha apellyatsiya kengashi tashkil etildi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organlari o‘rtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish bo‘yicha apellyatsiya kengashi tashkil etildi,

Ushbu kengash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 iyundagi “Nizolarni muqobil hal etishning mexanizmlarini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4754-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etildi.

Apellyatsiya kengashi Jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organlari o‘rtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish bo‘yicha apellyatsiya kengashi to‘g‘risidagi nizom talablariga asosan faoliyat olib boradi. Xususan, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va erkinliklari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari buzilganligi haqidagi murojaatlari Apellyatsiya kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi va tegishli xulosa beriladi.

Mazkur Kengash faoliyati jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish, nizolarni hal etishning muqobil imkoniyatlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech