O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Nodavlat tibbiyot tashkilotlariga "tibbiy punkt"lar tashkil etishga ruxsat berildi

Prezidentimizning "Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida"gi Farmoniga ko‘ra, nodavlat tibbiyot tashkilotlariga bir necha faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga ruxsat berildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar qildi.

Jumladan, 2021 yil 1 iyuldan boshlab nodavlat tibbiyot tashkilotlariga:

▪️ maxsus avtotransport vositasida tashkil etiladigan “mobil tibbiyot” xizmati yordamida joyiga chiqqan holda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish;
▪️ nodavlat tibbiyot tashkilotining o‘rta tibbiyot xodimlaridan iborat “tibbiy punkt”larini tashkil etishga ruxsat berildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ushbu chora-tadbirlarni amaliyotga to‘liq joriy etish maqsadida nodavlat tibbiyot tashkilotlari uchun zarur sharoitlar yaratishga masʼul etib belgilandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech