O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Noqonuniy muomalada bo‘lgan 1 319 230 o‘ram farmatsevtika mahsulotlarining aylanmasiga chek qo‘yildi

«Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi»ga 2022 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, uning hududiy bo‘linmalari, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Soliq qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari murojaatlari asosida taqdim qilingan noqonuniy muomalada bo‘lgan dori vositalari va tibbiy buyumlar bo‘yicha jami 1343 ta murojaat kelib tushdi.

Ushbu murojaatlar asosida olib borilgan ekspertiza hulosasiga ko‘ra, 7731 turdagi 1 319 230 o‘ram sifatsiz, kontrafakt, yaroqlilik muddati tugagan farmatsevtika mahsulotlari tibbiyot amaliyotida qo‘llash mumkin emasligi aniqlandi hamda laboratoriya tahlillari bo‘yicha barcha maʼlumotlar tegishli organlarga taqdim qilindi.

Eslatib o‘tamiz, «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq cifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini xarid qilish, chakana realizatsiya qilish va ulardan foydalanish taqiqlanadi!

Hurmatli yurtdoshlar! Agarda Siz sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalari aylanmasi bilan bog‘liq noqonuniy harakatlarga duch kelsangiz, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentinig (71) 233-1007 ishonch telefoniga murojaat qiling!

Davlat markazi matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech