O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Noqonuniy muomalada bo‘lgan 568 turdagi 10002 o‘ram farmatsevtika mahsulotlari ekspertizadan o‘tkazildi

Huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda yurtimizda dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash va uning oldini olishga qaratilgan bir qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, 2023 yil yanvar oyida davomida Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markaziga kelib tushgan 133 ta murojaat asosida taqdim qilingan farmatsevtika mahsulotlari o‘rnatilgan tartibda laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazildi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, 568 turdagi 10002 o‘ram, jumladan:

➖ 100 turdagi 2115 o‘ram - davlat ro‘yxatidan o‘tgan;
➖ 200 turdagi 3500 o‘ram - davlat ro‘yxatidan o‘tmagan;
➖ 20 turdagi 318 o‘ram - muvofiqlik sertifikati mavjud;
➖ 200 turdagi 3500 o‘ram - muvofiqlik sertifikati mavjud emas;
➖ 25 turdagi 319 o‘ram - yorliqlash ko‘rsatkichi bo‘yicha (g‘ayriqonuniy nusxa);
➖ 20 turdagi 115 o‘ram - yaroqlik muddati tugagan (sifatsiz)
➖ 3 turdagi 135 o‘ram - qalbakilashtirilgan farmatsevtika mahsulotlari tibbiyot amaliyotida qo‘llash mumkin emasligi bo‘yicha hulosa berildi. Hamda chora ko‘rish maqsadida maʼlumotlar tegishli organlarga taqdim qilindi.

Hurmatli yurtdoshlar! Sizda biror dori vositasining sifatiga nisbatan shubha paydo bo‘lsa Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markaziga murojaat qilishingiz mumkin. Bunda o‘ram yoki qadoqdagi dori vositasi bilan birga uning xarid (tovar va kassa) chekini taqdim etishingiz kerak bo‘ladi.

(Manzil: Toshkent sh., Ozod ko‘chasi, K. Umarov tor ko‘chasi, 16-uy, telefon (71) 203-01-01 ichki raqam 23-40)

Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi
va standartlashtirish Davlat markazi axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech