O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

"Nukus" EIZ hududida Janubiy Koreya texnologiyasidan foydalangan holda tibbiy niqoblar ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonning Koreyadagi elchixonasi ko‘magida Qoraqalpog‘iston Respublikasi investitsiya va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari A. Kamalov va «Hyundai C Square Co., Ltd.» kompaniyasining katta ijrochi direktori Kim Sungyun  o‘rtasida videokonferensiya shaklida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.  Uchrashuvda, shuningdek, “Nukus” erkin iqtisodiy zonasi direktori B. Qodirov va O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining masʼul xodimlari ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Dunyo muxbiri.

Tomonlar “Nukus” erkin iqtisodiy zonasi hududida avtomatlashtirilgan zamonaviy uskunalarni joriy etish orqali, MB (melt-blown) KF94 filtrli tibbiy niqoblar ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoniyatlari to‘g‘risida fikr almashdilar,

To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning taxminiy hajmi 30 million dollarni, yillik ishlab chiqarish hajmi 62,5 million niqobni tashkil etadi.

Janubiy Koreya tomoniga “Nukus” EIZ hududida yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida batafsil maʼlumot berildi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha «Hyundai C Square Co., Ltd.» tomonidan ushbu loyihani amalga oshirish shartlarini o‘rganish va kelgusida muhokama qilish uchun batafsil investitsion taklifni tayyorlash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlik keng ko‘lam kasb etgan bo‘lib, O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan Janubiy Koreya investitsiyali hajmi 7 mlrd. dollardan ortdi. Mamlakatimizda Janubiy Koreya investitsiyalari ishtirokida tashkil etilgan 461 korxona, shu jumladan 386 ta qo‘shma korxona va chet el kapitali yuz foiz bo‘lgan 75 korxona faoliyat yuritmoqda. Bu korxonalar neft va gaz, neft-kimyo va kimyo, mashinasozlik, elektr texnikasi va to‘qimachilik, axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari, transport, logistika va turizm sohalarida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda.

“Navoiy” IEZda “CNP Dream” bilan hamkorlikda kosmetik mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha zavod ishga tushirilgan bo‘lib, uning mahsulotlari bugungi kunda Markaziy Osiyo mamlakatlariga eksport qilinmoqda.

__

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar bizning @Uzpharm_agency telegram-kanalida

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech