O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Olimlar besh daqiqada 97% koronavirusni o‘ldiradigan o‘simlikni aniqlashdi

Ayrim o‘simlik mahsulotlari odam organizmida koronavirus faolligini samarali ravishda kamaytirishga qodir. Buni Ulm universiteti Tibbiyot markazi Molekulyar virusologiya instituti olimlari tajribalar orqali isbotlab berishdi. Mutaxassislarning xulosalari “bioRxiv” jurnalida chop etildi.

Tadqiqotchilar xona haroratida tabiiy mahsulotlarni viruslar bilan aralashtirishdi. Maʼlum vaqtdan so‘ng ular COVID-19 o‘zini qanday tutishini o‘rganishdi. Buning natijasida mevasi qora oddiy ryabina organizmdagi 97% gacha koronavirusni bor-yo‘g‘i besh daqiqada nobud qilishini aniqlashdi. Anor sharbati ham virusga qarshi kuchli taʼsir qilish xususiyatiga ega. U bilan oddiy tomoqni chayish ham 80% gacha COVID-19 patogenlarini halok qiladi.

Boshqa tabiiy sharbatlar, shuningdek, ko‘k choy ham koronavirusni sezilarli zaiflashtiradi. Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, bu virusga halokatli taʼsir ko‘rsatuvchi nordon muhit va o‘simlik polifenollari bilan bog‘liq.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech