O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Olimlar koronavirusni ikki daqiqa ichida yo‘q qilish usulini topishdi

Tadqiqotni Nyu-Jersidagi Rutgers tibbiyot maktabi ilmiy-tadqiqot instituti va mintaqaviy biologik xavfsizlik laboratoriyalari bilan hamkorlikda Colgate kompaniyasi o‘tkazgan.

Tarkibida rux yoki qalay bo‘lgan tish pastalari koronavirusni ikki daqiqa ichida 99,9 foizga yo‘q qilishi mumkin. Bu haqda Britaniya stomatologiya assotsiatsiyasining British Dental Journal nashrida chop etilgan tadqiqot natijalarida maʼlum qilindi.

Shuningdek, tarkibida setilpiridiniy xloridi bo‘lgan og‘iz chayish vositalari ham og‘izdagi koronavirusni yo‘qotgan. Bu unsurni tish pastalari va tomoqqa sepiladigan spreylar tarkibida ham uchratish mumkin.

Og‘izdagi koronavirusni butunlay yo‘qotish uchun setilpiridiniy xloridili og‘iz chayish vositasiga 30 soniya kerak bo‘ldi, deyiladi maqolada.

Tadqiqotni Nyu-Jersidagi Rutgers tibbiyot maktabi ilmiy-tadqiqot instituti va mintaqaviy biologik xavfsizlik laboratoriyalari bilan hamkorlikda Colgate kompaniyasi o‘tkazgan.

«Setilpiridiniy xloridi xususiyatlaridan koronavirusni davolashda emas, balki uning profilaktikasida foydalanish kerak», — dedi Gamaleya nomidagi markazning bosh ilmiy xodimi Anatoliy Altshteyn.

Uning so‘zlariga ko‘ra, setilpiridiniy xloridi SARS-CoV-2 virusining lipid qobig‘ini yemiradi va uning yo‘q qilinishiga olib keladi. Shuning uchun koronavirus yuqtirgan bemor tarkibida ushbu unsur bo‘lgan vosita bilan og‘zini tez-tez chayib turishi lozim.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech