O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Olimlar poyezdda koronavirusni yuqtirish xavfini kamaytirish yo‘lini aniqlashdi

Xitoylik bir guruh olimlar Sautgempton universitetidagi hamkasblari bilan birgalikda koronavirus pandemiyasi davrida poyezdlarda yurish qanchalik xavfli ekanligini tekshirib ko‘rishga qaror qilishgan. Tadqiqot natijalari «Clinical Infectious Diseases» jurnalida chop etildi.

Mutaxassislar Xitoydagi tezyurar poyezdlarda sayohat qilib, keyinchalik koronavirus infeksiyasi alomatlari paydo bo‘lgan 2334 nafar yo‘lovchi haqidagi maʼlumotlarni tahlil qilishgan. Ular yaqin aloqada bo‘lgan yo‘lovchilarning umumiy soni 72 093 kishini tashkil etgan.

Ushbu maʼlumotlarga asoslanib olimlar COVID-19 tashuvchisi bilan bir vagonda bo‘lish qanchalik xavfli ekanligini aniqlashdi. Mana, masalan, bunday yo‘lovchining yonida o‘tirganda koronavirusni yuqtirish ehtimoli 3,5 foizni tashkil etadi. Bir qatorda bo‘lganda esa — 1,5 foiz. Bemor vagondan chiqqanda, uning o‘rniga o‘tirgan odamning kasallanib qolish ehtimoli 0,075 foizni tashkil etadi. Tadqiqotlarda yuqtirish omili odamning niqob taqqan-taqmaganligiga bog‘liqligi aytilmagan.

Yuqtirish xavfi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijtimoiy masofaga bog‘liqligi taʼkidlanmoqda. Biroq mutaxassislar yana bir omilga eʼtiborlarini qaratishgan — safar vaqti. 2,5 metrlik masofa faqat bir soat davomidagina koronavirus infeksiyasidan asrashi mumkin.

JSST maʼlumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 17,8 million kishi koronavirusga chalingan, ulardan 680 ming nafari vafot etgan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech