O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Optikaning va optika filiallarining mudirlari oliy yoki o‘rta maxsus farmatsevtika maʼlumotiga ega bo‘lishi kerakmi?

O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 12 oktyabrdagi O‘RQ-721-sonli qonuni 11-modda 7-bandiga asosan, "Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati" to‘g‘risidagi qonunga yangi "21¹-modda. Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) bo‘yicha faoliyat" moddasi qo‘shildi. Unga muvofiq:

Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) bo‘yicha faoliyat vakolatli organni mazkur faoliyatni boshlaganlik to‘g‘risida belgilangan tartibda xabardor qilgan holda yuridik shaxs yoki yuridik shaxsning tarkibiy bo‘linmasi shaklidagi optikani (oftalmologiya tibbiy buyumlarini realizatsiya qilish punkti) tashkil etish orqali amalga oshirilishi mumkin. Optikaning filiallari va davolash-profilaktika muassasalarining optikasi ham optika toifasi jumlasiga kiradi.

Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishi uchun vakolatli organni xabardor qilish talab etilmaydi.

Optikaning va optika filiallarining mudirlari oliy yoki o‘rta maxsus farmatsevtika maʼlumotiga ega bo‘lishi kerak.

Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) bo‘yicha faoliyat oftalmologiya tibbiy buyumlarini tayyorlash, berish, realizatsiya qilish qoidalariga va ularning sifatini taʼminlovchi saqlash sharoitlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.

Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) bo‘yicha faoliyat sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga rioya etgan holda amalga oshirilishi kerak.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech