O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

OTB tez orada O‘zbekistonga 700ta o‘pka sunʼiy ventilyatsiyasi apparatini yetkazib beradi

Osiyo taraqqiyot banki pandemiyaga qarshi kurashda hukumatga ko‘mak berishda davom etib, tibbiy anjom va uskunalar to‘la navbatdagi yukni O‘zbekistonga taqdim etdi. Bu haqda bankning O‘zbekistondagi vakolatxonasiga tayanib Kun.uz maʼlumot berdi.

24 iyul kuni YUNISEF orqali sotib olingan 20ta kislorod konsentratorlari O‘zbekistonga keltirildi. Bundan tashqari, Shveysariya kompaniyasi bilan 19,5 million dollarga tuzilgan ikkita shartnoma doirasida, birinchi 100ta o‘pka sunʼiy ventilyatsiyasi apparati17 iyul kuni Toshkentga yetkazib berildi. Kelgusi haftalarda yana 700ta shunday apparat keltiriladi.

Eslatib o‘tamiz, 1,56 million AQSH dollari miqdorida OTB tomonidan moliyalashtirilgan COVID-19 sinovlari uchun laboratoriya jihozlarining avvalgi to‘plami 29 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya va epidemiologiya osoyishtaligi agentligiga topshirilgan edi.

- Ushbu uskuna dahshatli kasallikdan aziyat chekkan insonlarning hayotini saqlab qolishga yordam beradi, - dedi OTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sindi Malvichini. - Bu yerdagi vaziyat hali ham qiyin. Biz mamlakatni hayotiy zarur uskunalar bilan taʼminlash uchun astoydil harakat qilamiz va ushbu og‘ir damlarda O‘zbekiston xalqini qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz.

Avvalroq OTB va O‘zbekiston hukumati koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlarini yumshatish uchun 500 million dollar miqdorida kredit taqdim etish to‘g‘risida bitim imzolagan edi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech