O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xitoyda qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan XXIV qishki Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etish uchun 4-5 fevral kunlari tashrif bilan Pekin shahrida bo‘ladi.

Xitoy poytaxti jahon sporti tarixida ikkala Olimpiadani qabul qilgan birinchi shahar bo‘ladi – 2008 yilda bu yerda XXIX yozgi Olimpiya o‘yinlari ham o‘tkazilgan edi.

Karantin choralariga qatʼiy rioya etgan holda 4-20 fevral kunlari o‘tadigan bu galgi musobaqada sportning 15 ta yo‘nalishi bo‘yicha 109 ta medallar to‘plami o‘ynaladi. Bu medallar uchun 90 dan ortiq mamlakat, shu jumladan O‘zbekistondan jami 4 mingdan ziyod sportchi bellashadi.

Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi 4 fevral kuni Pekindagi “Qush uyasi” milliy stadionida xorijiy davlatlar va rasmiy delegatsiyalar yetakchilari, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o‘tadi.

Tashrif dasturiga muvofiq O‘zbekiston Prezidenti qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.

www.president.uz

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech