O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 fevraldagi PF - 6166-son Farmonning mohiyati va ahamiyati nimalardan iborat?

Farmonning maqsadi

Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etish va monitoring qilishning taʼsirchan tizimini yaratish, Prezidentning Oliy Majlisga 2020 yil 29 dekabrdagi Murojaatnomasida, shuningdek,
2016 – 2021 yillardagi tarmoq va hududiy rivojlanish dasturlarida belgilangan maqsadlarga erishishni so‘zsiz taʼminlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi, davlat boshqaruvi organlari rahbarlari hamda barcha darajalardagi hokimlarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish.

Farmonning mohiyati va ahamiyati

Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari ijro intizomini mustahkamlashda quyidagi ustuvor vazifalarga alohida eʼtibor qaratishi lozim:

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar loyihalari tayyorlanishi ustidan shaxsiy nazoratni tashkil etish;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrochilarga tezkor yetkazilishi, mohiyati va ahamiyati keng jamoatchilik o‘rtasida tushuntirilishi ustidan shaxsiy nazoratni taʼminlash;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi amalda nazorat qilinishini shaxsan tashkil etish;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning mohiyati va ahamiyatini tushuntirish maqsadida OAVda shaxsiy fikr-mulohazalarini bildirish;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar o‘z vaqtida, to‘liq va natijali ijro etilishi shaxsan tanqidiy tahlil qilinishini taʼminlash.

Adliya vazirligiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatildi:

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan o‘rganishlar olib borish va joylardagi holat monitoringini yuritish;

“Prezident qarorlari – hayotda va nazoratda” rukni ostida jamoatchilik nazorati vositalaridan keng foydalanish;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning amalda bajarilishiga to‘sqinlik qilayotgan muammolar va omillarni aniqlash;

davlat organlari va tashkilotlariga qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi yuzasidan huquqiy-uslubiy ko‘maklashish.

“Ijro.gov.uz” orqali qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qilishda:

Adliya vazirligi:

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritadi va tizim orqali ularning ijro etilishini nazorat qiladi;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati to‘g‘risidagi maʼlumotni har oyda Prezident Administratsiyasi va Hukumatga kiritadi.

Vazirlar Mahkamasi:

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning Hukumat tizimidagi tashkilotlar tomonidan ijro etilishini “Ijro.gov.uz” tizimida nazorat qiladi;

“Ijro.gov.uz”da Hukumat tizimidagi tashkilotlar – masʼul ijrochilar tomonidan kiritilib, Adliya vazirligi tomonidan tekshirilgan maʼlumotlar to‘liqligi va haqqoniyligini tekshiradi.

Hisob palatasi:

“Ijro.gov.uz”da masʼul ijrochilar tomonidan kiritilib, Adliya vazirligi va Hukumat tomonidan tekshirilgan maʼlumotlar to‘liqligi va haqqoniyligini tekshiradi hamda ularni nazoratdan yechadi;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda belgilangan ijro muddatlarini uzaytirish haqidagi Adliya vazirligi va Hukumat tomonidan ko‘rib chiqilgan takliflar bo‘yicha Prezident Administratsiyasiga xulosalarni kiritadi;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati bo‘yicha har chorakda Prezident Administratsiyasiga axborot kiritib boradi;

Prezident Administratsiyasi:

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qiluvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;

zarurat bo‘lganda, nazoratdan yechilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni qayta nazoratga qo‘yadi;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar muddatini uzaytirish bo‘yicha Hisob palatasi tomonidan berilgan xulosalarni ko‘rib chiqadi;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro etilishini tashkil etish borasidagi faoliyat samaradorligini oshirish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining ijro intizomini taʼminlashdagi masʼuliyatini kuchaytirish yuzasidan Prezidentga takliflar kiritib boradi.

2021 yil 1 apreldan barcha respublika darajasidagi davlat organlari hamda viloyat hokimliklarining ijro intizomiga masʼul bo‘linmalari rahbarlari Prezidenti Administratsiyasining Ijro intizomini taʼminlash shoʻbasi bilan kelishilib lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.

2021 yil 1 maydan ijroni nazorat qilish, nazorat kartotekalarini yuritish va hisobotlarni shakllantirish faqat “Ijro.gov.uz” tizimida amalga oshiriladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech