O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Oʻzbekistonda ilk bor oʻpkani sunʼiy shamollatish apparati ishlab chiqildi

"Texnopolis Moskva" AIZ (alohida iqtisodiy zona) rezident-kompaniyasi O‘zbekistondagi birinchi o‘pkani sunʼiy shamollatish apparatini ishlab chiqardi. Bu haqda “Moskva” shahar axborot agentligiga texnopolisning matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonda birinchi o‘pkani sunʼiy shamollatish apparati joriy yilning iyun oyida ishlab chiqarilgandi. Ushbu yuqori texnologik tibbiy asbob-uskunani "Texnopolis Moskva" alohida iqtisodiy zona rezident-kompaniyasi va "Chirana Asia" brendi ostida Toshkent shahri “Yashnobod” innovatsion texnoparki tarkibiga kiruvchi “Xirana+” tomonidan ishlab chiqarilmoqda.

— O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi ko‘magida va hamkorligida O‘SSH va anesteziya apparatlarini ishlab chiqarish bo‘yicha keng ko‘lamli majmua qurilishini tezlashtirishga harakat qildik. 2020 yil avgust oyida O‘zbekiston Respublikasining birinchi shaxslari ishtirokida zavodni ochish va oldiga butun Markaziy Osiyo mintaqasida strategik ahamiyatga ega bo‘lish maqsadi qo‘yilgan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, sunʼiy ventilyatsiya va anestezik nafas olish qurilmalaridan foydalanish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish va o‘quv markazini tashkil etish rejalashtirilgan. Kompaniya ushbu noyob ishlab chiqarishga 8 million AQSH dollaridan ko‘proq investitsiya kiritadi va 100 ga yaqin ish o‘rinlarini yaratadi", — deydi "Xirana +" kompaniyasi bosh direktori Vasiliy Shimko.

Yil oxiriga kelib, zavodda 100 ga yaqin O‘SSH apparatini ishlab chiqariladi. Kelgusida ishlab chiqarish hajmi yiliga 500 ta O‘SSH va 500 ta anesteziya apparatlari darajasiga ko‘tariladi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Afg‘onistonda sotiladi.

Manba

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi
Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech