O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

O‘zbekistonda Qurbon hayiti 20 iyul kuni nishonlanadi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi hujjatga imzo qo‘ydi. Unga muvofiq, O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2021 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 20 iyul kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarori inobatga olingan.

«Muborak Qurbon hayitining xalqimizga xos bo‘lgan insonparvarlik, mehr-oqibat, saxovat va o‘zaro hamjihatlik kabi fazilatlarni qaror toptirishdagi muhim ahamiyatini eʼtiborga olib hamda milliy-diniy qadriyatlarimizni ulug‘lash maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2021 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 20 iyul – seshanbaga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib, mamlakatimizda 2021 yil 20 iyul kuni Qurbon hayiti bayrami etib belgilansin», deyiladi prezident qarorida.

Qaror bilan vazirlik va idoralar, hokimliklar hamda jamoat tashkilotlariga Qurbon hayitini karantin talablariga amal qilgan holda xalqimizning milliy va diniy anʼanalariga mos ravishda oila davrasida o‘tkazish afzalligi haqida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirish topshirildi.

O‘zbekiston prezidentining 2021 yil 10 maydagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi «2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi PF–6122-son farmoniga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi PF–6222-son farmoni bilan 2021 yil 21–22 iyul kunlari ham dam olish kunlari sifatida belgilangani maʼlumot uchun qabul qilingan.

Hujjatga muvofiq, 17 iyul (shanba) va 24 iyul (shanba) dam olish kunlari mos ravishda 21 va 22 iyul kunlariga ko‘chiriladi. Ushbu kunlari ish haftasi turidan qatʼi nazar, barcha fuqarolar uchun dam olish kuni bo‘ladi. Bundan tashqari, 20 iyul kuni Qurbon hayiti munosabati bilan dam olinadi. Shunday qilib, o‘zbekistonliklar ketma-ket uch kun: 20, 21 va 22 iyul kunlari dam olishadi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech