O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Poytaxtimizdagi Xalqaro kongrecs markazida Tadbirkorlar kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yurtimiz ishbilarmonlarini bayram bilan tabriklab, 29 nafar fidoyi va ilg‘or tadbirkorlarga orden va medallarni topshirdi.

Jumladan, Djumaniyazov Muminbay Aminovich - To‘rtko‘l tumanidagi «Mustafa farm» masʼuliyati cheklangan jamiyatining shpris zavodi direktori, (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) “Do‘stlik” ordeni bilan;

Azizov Nasim Nematovich - Yangi Namangan tumanidagi «Merrymed farm» masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori o‘rinbosari, (Namangan viloyati) “Shuhrat” medali bilan taqdirlandilar.

Fursatdan foydalanib, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Muminbay Djumaniyazov va Nasim Azizovlarni yuksak mukofot bilan tabriklaydi va ushbu yo‘ldagi mehnatlariga zafarlar tilaydi!

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech