O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmaliq shahridagi «Jurabek laboratories» qo‘shma korxonasi faoliyatini ko‘zdan kechirdi.

Korxona 48 million flakon infuzion eritmalar, 480 million dona ampula, 60 million dona quruq antibiotiklar, 20 million dona liofilizatsiya qilingan dori shakllarini ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Bu yerda GLP laboratoriyasi mavjud, xalqaro GMP standarti joriy etilgan.

Korxona tomonidan 300 turdan ortiq dori vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. 15 dan ortiq xorijiy davlatlarga eksport qilinmoqda.

Bugungi pandemiya davrida juda muhim bo‘lgan remdesivir, favipiravir, geparin, enoksaparin kabi dorilar ham ishlab chiqarilmoqda.

Biotexnologiyalar sohasida monoklonial antitanachalar turidagi dori vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha 30 million dollarlik yangi loyihaga kirishilgan.

Korxonada koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish mo‘ljallanmoqda.

Davlatimiz rahbari shu boradagi texnik imkoniyatlar bilan tanishdi.

www.prezident.uz

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech