O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Qadimgi Xitoyning g‘aroyib tibbiyoti: chjen-nzyuterapiya, dorivor giyohlar va diniy taqiq bilan bog‘lik bo‘lgan jarrohlik

Xitoy tabobatida giyohlardan, hayvonlar va minerallardan kelib chiqqan dorivor vositalar qo‘llashgan. Dorivor giyohlardan turli xil kasalliklarda qo‘llaniladigan jenshen muhim o‘rin tutgan. Limonnik, kamfara, rovoch, zanjabil, hind konopi, bambuk kurtagi, choy, piyoz, sarimsoq piyoz, yelimlar qo‘llanilgan.

Hayvonlar kelib chiqishidan dorivor vositalardan-yosh bug‘i va olachipor kiyiklarning shoxi, yosh kiyikning shoxi, mushk, jigar,ilik qo‘llanilgan; ayniqsa arslonning ichki aʼzolari va qoni kadrli bo‘lgan.

Qon to‘xtatuvchi vosita sifatida (qon qusishlarda) suyak yelimi (jelatin) qo‘llanilgan. Turli xil mineralli vositalar ham bo‘lgan — simob,surma, temir, oltingugurt, magneziya qo‘llanilgan.

Xitoy tabobatida o‘ziga xos va bir necha yuz yillik davolash usuli bu chjen-nzyuterapiya yoki igna bilan davolash va kuydirish.

Ukol qilish qonning qon tomirlardan harakatini yengillashtirish va ayniqsa «hayot uchun muhim» bo‘lgan gazsimon narsani, turib qolishini oldini olish va shu bilan birga kasallik sababini yo‘qotish maqsadi bo‘lgan.

Ignalarga asab sistemasini qo‘zg‘atuvchi, yo‘naltiruvchi, tartibga soluvchi xususiyatlarni bergan. Odam tanasida 600 dan ortiq «hayotiy nuqtalar» sanalgan. Har biri,  har xil kasallikda igna bilan davolangan. Oldindan Xitoyda tanaga igna uchun chizilgan nuqtalar bilan rasmlar va modellar mavjud. Shu bilan birga Xitoyda quritilgan erman yoki maxsus dag‘al tolasidan yondirilgan cho‘pchalar bilan «hayotiy nuqtalarni» kuydirishgan.

Qadimiy Xitoyda ko‘krak va qorin bo‘shliqlarida operatsiya olib borilgan, og‘riqsizlantirish mandragora, opiy, gashish bilan qilingan. Keyinchalik diniy taqiq bilan bog‘lik bo‘lgan jarrohlikning rivojlanishi to‘xtagan va jarrohlik faoliyati abssessni ochish bilan chegaralangan.

Xitoyda chechakni oldini olish maqsadida keng tarqalgan variolyatsiya bo‘lgan: sog‘lom odamlarga chechak bilan kasal bo‘lgan bemorning quritilgan yiringini yuborishgan.

Xitoydagi kasalxonalarida baʼzi bir kasalliklarni kiyimdan o‘tishi mumkinligi haqida ko‘rsatma berilgan. O‘latning kalamushlar bilan rivojlanishi bog‘liqligi qayd etilgan va port shaharlarida o‘latning va boshqa kasalliklarni tarqalishi kuzatilgan.

Xitoyda dorilarni tayorlaydigan va sotadigan mutaxasislar paydo bo‘lgan. Bu mamlakatda dorixonalar maxsus muassasa hisoblangan. Tabiblar boshqa davlatdigilar kabi azaldan aristokratik empirik amaliyotchiga o‘xshash hunarmand bo‘lgan, tabib olimlar ham bo‘lgan.

Maqola muallifi Nargiza Kamalova

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech