O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Qonunbuzilish holati aniqlangan tadbirkorlik subyektlariga taʼcir choralari qo‘llandi

Muomalaga kiritilgan sifatsiz farmatsevtika mahsulotlari to‘g‘risidagi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan joriy yilning 2-choragi davomida dori vositalarini ulgurji realizatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi “ABDULLO FARM SAVDO SERVIS” MCHJ, dori vositalarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi “MERRYMED FARM” MCHJ va “Ra‘no diagnostika va davolash markazi” XK belgilangan tartibda nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Nazorat tadbirlari natijasida aniqlangan litsenziya talab va shartlarining buzilish holatlari yuzasidan qonunbuzilish holatini bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar, litsenziyaning amal qilish muddatini to‘xtatib qo‘yish, litsenziyani bekor qilish kabi taʼsir choralarini qo‘llash choralari ko‘rildi.

Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech