O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Retseptsiz beriladigan preparatlar ro‘yxati yangilandi

Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘i bilan yangi Retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxati tasdiqlandi (ro‘yxat raqami 3315, 30.07.2021 y.).

Ilgarigi ro‘yxat (ro‘yxat raqami 3200, 6.12.2019 y.) bilan solishtirganda retseptsiz beriladigan monopreparatlar ro‘yxati 105 taga qisqardi va 87 ta pozitsiyadan iborat. Majmuaviy preparatlar soni ushbu ro‘yxatda 118 taga qisqardi va endi 814 ta pozitsiyadan iborat.

Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘i talablariga dori vositalarini berishda o‘ramlari, tibbiyotda qo‘llanishiga doir yo‘riqnomada ko‘rsatilgan tayinlash va qabul qilish tartibidan qatʼi nazar amal qilinishi kerak.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 30.07.2021 yildan kuchga kirdi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech