O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Sedativ, yaʼni tinchlantiruvchi taʼsirga ega bo‘lgan dorivor giyohlardan yana biri – melissa

Melissa (limono‘t) bilan asabiylikdan qutulamiz. Sedativ, yaʼni tinchlantiruvchi taʼsirga ega bo‘lgan dorivor giyohlardan yana biri – melissa.

Melissa

Melissa qadimdan asabiylikni ketkazuvchi, uyquni yaxshilovchi va stresslarni kamaytiruvchi giyoh hisoblanib kelgan. Melissa sedativ, spazmolitik, gipotenziv va og‘riq qoldiruvchi taʼsirga ega. Melissadan tayyorlangan choylar va damlamalar depressiya, asabiy zo‘riqish, migren, uyqusizlikni davolashda qo‘llaniladi.

Uyquni yaxshilash va xavotirni kamaytirish uchun shifokorlar melissadan tayyorlangan damlamani ichishni maslahat berishadi.

Buning uchun:
3 osh qoshiq melissa giyohi ustidan 1 stakan qaynoq suv quyib, 30 daqiqa davomida dam yedirish lozim. So‘ngra uyqudan oldin iliq holida qultumlab isteʼmol qilish tavsiya etiladi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech