O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha Ishchi guruhi Agentlikda tashkil etilgan Maslahat kengashi faoliyatini o‘rgandi

2019 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining qonuni xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rniga qaratilgan huquqiy himoya, huquqiy kafolat sifatida maʼqullandi.

Qonunga muvofiq davlat organlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari bo‘yicha Maslahat kengashlarini tuzish belgilangan.

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasining yig‘ilish bayonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida davlat organlarida tashkil etilgan Maslahat kengashlari faoliyatini o‘rganib chiqish hamda ularning faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur choralarni belgilash maqsadida Ishchi guruhlar shakllantirildi.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha Ishchi guruhi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish Agentligida tashkil etilgan Maslahat kengashi faoliyatini o‘rgandi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech