O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan yangilangan asosiy dori vositalari ro‘yxati (ADVR) tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3289, 23.03.2021 y. ) bilan yangilangan asosiy dori vositalari ro‘yxati (ADVR) tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasining asosiy dori vositalari va tibbiy buyumlari ro‘yxatini tuzish bo‘yicha Yo‘riqnomaga muvofiq ADVR O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan farmakoterapevtik tasniflash asosida shakllantiriladi.

Mazkur ro‘yxatdan tibbiyot muassasalarining ehtiyojini tahlil qilishda, xaridlarni oqilona tashkil etish va dori vositalarini taqsimlashda, xodimlarni uni to‘g‘ri qo‘llashga o‘rgatish, mahalliy farmatsevtika korxonalari tomonidan asosiy dori vositalari ishlab chiqarilishini rag‘batlantirishda, asosiy dori vositalari mavjudligini monitoring qilish va narxini shakllantirishda foydalaniladi. 

Dori vositalari xalqaro patentlanmagan nomi bilan dozasi va chiqarilgan shakli ko‘rsatilgan holda ADVRga kiritiladi. Dori vositalari xalqaro patentlanmagan nomga ega bo‘lmagan taqdirda, uning o‘rnini bosuvchi nom yoki tarkib ko‘rsatiladi.

Yangi ro‘yxatga dori vositalarining 43 guruhi bo‘yicha preparatlar dozalari ko‘rsatilmagan holda berilgan. Xususan, asosan markaziy nerv tizimiga taʼsir qiluvchi, psixotrop dori vositalari, analgetik vositalar, asosan periferik xolinergik jarayonlarga taʼsir qiluvchi dori vositalari va boshqalar kiritilgan.

Ro‘yxat Savdo-sanoat palatasi va Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi bilan kelishilgan.

Mazkur buyruq bilan Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3045, 27.07.2018 y.) bilan tasdiqlangan asosiy dori vositalari ro‘yxati o‘z kuchini yo‘qotadi.  

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan ва 23.03.2021 yildan kuchga kirdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech