O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

“Steviya dorivor o‘simligini yetishtirish va xalq tabobatidagi ahamiyati” mavzusida seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika sanoati, oziq-ovqat sanoatining jadallik bilan rivojlanishi dorivor o‘simliklar xom ashyosiga bo‘lgan talabni keskin ortishiga sabab bo‘lmoqda.

Shuni taʼkidlash lozimki, tabiiy holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar zaxiralarining chegaralanganligi tufayli farmatsevtika sanoati va oziq-ovqat sanoati korxonalarning dorivor o‘simliklar xom ashyosiga bo‘lgan talabini, asosan, dorivor o‘simliklarni o‘stirish orqaligina qondirish mumkin.

Hozirgi vaqtda mamlakatimizda farmatsevtika sanoati va dorixonalarni o‘simliklar xom ashyosi bilan taʼminlash maqsadida, ixtisoslashgan klaster, fermer, o‘rmon va boshqa mulkchilik shaklidagi xo‘jaliklarida dorivor o‘simlik turlari o‘stirilmoqda.

Respublika Savdo-sanoat palatasi Dorivor va ziravor o‘simlik yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvatlash bo‘limi “Green zone of world” MCHJ bilan hamkorlikda dorivor o‘simliklar yetishtirish va qayta ishlash sohasida steviya dorivor o‘simligini yetishtirish va qayta ishlash hamda tabobatda foydalanish hamda dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini kengaytirish, aholiga sog‘lom turmush darajasini targ‘ib etish maqsadida “Steviya dorivor o‘simligini yetishtirish va xalq tabobatidagi ahamiyati” mavzusidagi ko‘rgazmali-amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda hamkor vazirlik va idoralar, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi ilmiy ishlab chiqarish institutlarida ushbu sohada ilmiy izlanishlar olib borgan fan doktorlari, tadbirkorlar hamda endi o‘z tadbirkorligini boshlash istagida bo‘lgan yoshlar qatnashishdi

Seminarda steviya dorivor o‘simligini yetishtirish agrotexnologiyasi hamda ushbu dorivor o‘simlikni oziq-ovqat sanoatida, tabobatda va qishloq xo‘jaligida ekin zarakunandalariga qarshi foydalanish yo‘nalishida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va erishilgan natijalar bo‘yicha maʼlumotlar berildi.

Steviya dorivor o‘simligi haqida quyidagi https://t.me/Uzpharm_agency/451 manzilda batafsil maʼlumotga ega bo‘lasiz!

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech