O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

«Tashkent Pharma Park» davlat muassasasidagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun ochiq tanlov e'lon qilindi

«Tashkent Pharma Park» innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini rivojlantirish direksiyasi davlat muassasasida bo‘sh ish o‘rinlari uchun ochiq tanlov eʼlon qiladi

2021 yilning 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga muvofiq, 2021 yil 1 sentyabrdan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari onlayn ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinishi belgilangan.

Mazkur qaror ijrosi yuzasidan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining «Tashkent Pharma Park» innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini rivojlantirish direksiyasi 2022 yil 21 iyulda bo‘sh ish o‘rinlari uchun ishga qabul qilish ochiq tanlovini eʼlon qiladi.

Ariza va maʼlumotnomalarni «Tashkent Pharma Park» innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini rivojlantirish direksiyasining www.pharmapark.uz veb-sahifasi yoki Agentlikning www.uzpharmagency.uz veb-sahifasiga faqat onlayn tarzda taqdim etishingiz so‘raladi.

Markaz manzili: Toshkent sh. Yunusobod tumani, Ch.Aytmatov ko‘chasi 1a uy.
Telefon: 71-203-81-81

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech