O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Tibbiy niqob COVID-19‘dan himoya qiladi

— Koronavirus ilk tarqalgan vaqtida insoniyat u haqida hech qanday maʼlumotga ega emas edi. Bu kasallikni xavo-tomchi yo‘l bilan tarqalishi faqatgina taxminlarga asoslangan edi. Shu sababli ehtiyot chorasi sifatida tibbiy niqoblardan foydalanish tavsiya etildi. Tibbiy niqob taqib yurish rasman tavsiya etilgan davlatlar (Yaponya, Tailand, Janubiy Koreya kabilar)da koronavirus bilan zararlanish va o‘lim xolatlari boshqa davlatlarga nisbatan to‘rt marotaba kamroq kuzatildi.

Gonkong universiteti mikrobiologi Kvok-Yung Yuna tajribasiga ko‘ra, 2 ta yonma-yon panjaraga sog‘lom va koronavirus bilan zararlangan og‘maxonlarni (xamyak) joylashtirib, bir-biridan tibbiy niqob yordamida ajratib kuzatgan. Ikkinchi xolatda esa tibbiy niqob bilan ajratmagan xolatda kuzatgan. Olingan natijalarga ko‘ra, niqobsiz panjaralarda joylashtirilgan jonivorlarning uchdan ikki qismi (75 foizi) koronavirus bilan zararlangan. Ikkinchi kuzatuv holatida jonivorlarning fakatgina 25 foizida kasallik qayd etilgan. Natijalardan ko‘rinib turibdiki, tibbiy niqoblar koronavirusdan himoya kiladi.

Iyun oyida AQSHda Missuri shtatidagi ikki sartarosh ayolning voqeasidan so‘ng tibbiy niqobga ishonch ortib ketdi. Bu ikki sartarosh mijozlarga xizmat ko‘rsatish vaqtida matoli tibbiy niqobdan foydalangan va 200 nafardan ortiq insonga xizmat ko‘rsatgan. COVID-19 ga tekshirish vaqtida esa, ularda koronavirus infeksiyasi borligi aniqlangan. Ularning oila aʼzolarida ham SOVID-19 kasalligi aniqlangan. Ammo xizmatdan foydalangan mijozlarning hech birida SOVID-19 va uning alomatlari kuzatilmagan. Bunday misollar tibbiy niqob foydasiz degan qarashni yo‘qqa chiqaradi.

Eʼzozbek Rizayev,
SSV huzuridagi koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech