O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Tibbiyot oliygohlari talabalari ham COVID-19 ga qarash kurash uchun safarbar etiladi

Davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov 23 iyul kuni o‘tkazilgan maxsus brifingda bir qator savollarga javob berdi.

- Tibbiyot oliygohlari talabalari ham Covid-19 ga qarash kurash uchun safarbar etiladimi va bu uchun ularga qanaqa imtiyozlar beriladi?

Bugungi kunda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga to‘liq va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tibbiyot institutlari va kollej talabalari ham jalb etilmoqda. Ularning 2 haftalik oylik maoshi ularning toifasiga qarab 5 mlndan 15 mlngacha tashkil etadi.

- Koronavirusning yengil formasi bilan kasallanib tuzalgan bemorlarda asosan qanaqa asoratlar qolishi kuzatilmokda?

Turli tasdiqlanmagan manbalarda koronavirusdan davolangandan so‘ng miya yemirilishi, bepushtlik kabi asoratlar qoladi, degan maʼlumotlar tarqamoqda. Kasallikning tibbiy patogenezi bilan tanishmagan holda bunday gaplarni tarqatish noo‘rin. Koronavirusning yengil shaklini boshdan kechirgan bemorlarda kasallikdan tuzalgandan keyin deyarli asoratlar kuzatilmayapti.

- Koronavirusning og‘ir shakli bilan kasallanib tuzalgan bemorlarda asosan qanaqa ko‘rinishdagi alomatlar saqlanib qolmokda?

Koronavirus infeksiyasining og‘ir shakli bilan kasallangan bemorlar organizmida tromboemboliya, tromboz, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi yoki o‘tkir koronar yetishmovchilik kabi poliorgan o‘zgarishlar yuzaga kelganligi sababli kasallikdan tuzalgandan keyin baʼzi bemorlarda o‘pka hayotiy sig‘imining (jiznenniy obyem legkix) 20-30% ga kamayishi, shuningdek, alveolalar devorlarida biriktiruvchi to‘qimani yuzaga kelishitufayli kasallikdan so‘ng o‘pka fibrozi kuzatilishi mumkin, bu esa harsillash, surunkali kislorod yetishmovchiligiga olib keladi. Bundan tashqari yurak-qon tomir tizimida, buyraklarda va asab sistemasida ham patologik o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin.

- Agar tez tibbiy yordam xodimlari chaqirilganda koronavirus bilan kasallangan bemorni ko‘rishdan bosh tortsa biz kimga va qayerga murojaat kilishimiz kerak?

Tez tibbiy yordam xizmati bemorda qaysi kasallik bo‘lishidan qatʼiy nazar birinchi yordam ko‘rsatishi shart. Agar bu xizmat tomonidan bemorga yordam ko‘rsatishdan bosh tortilsa hududiy Sog‘liqni saqlash boshqarmalari ishonch telefoni orqali murojaat qilish maqsadga muvofiqdir.

- Charter reys bilan qaytayotgan va mehmonxonada karantinni o‘tashni tanlagan odamlarga mehmonxonaga kuzatish va transport xizmati xarajatlari mehmonxona xizmatlariga kiradimi yoki alohida to‘lov qilinadimi?

Maxsus komissiyaning 31-son bayonnomasiga ko‘ra kelganlarni mehmonxonaga kuzatish Transport vazirligi va mehmonxona maʼmuriyati bilan kelishuv asosida bepul amalga oshiriladi. Biroq mehmonxonadagi shaxs biror sababga ko‘ra ortiq qolishni istamasa va karantin hududiga o‘tishni istasa, transport xarajatlari ular tomonidan qoplanadi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech