O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika sohasi ishlab chiqaruvchilari diqqatiga!

Ozarbayjon Respublikasiga boʻlajak oliy darajadagi davlat tashrifi doirasida Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi tomonidan tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Ikki davlat o'rtasida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida joriy yilning 14-16-avgust kunlari Boku shahrida Ozarbayjon va Oʻzbekiston ishbilarmon doiralari oʻrtasida qoʻshma biznes-forum, sogʻliqni saqlash va farmatsevtika sohalarida nazorat qiluvchi organlar, shuningdek, Ozarbayjondagi farmatsevtika kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

Biznes-forum va boshqa tadbirlarda ishtirok etish uchun kompaniyangiz vakilini tayinlash imkoniyatini koʻrib chiqishingizni soʻraymiz.

Agar siz tadbirlarda ishtirok etishni xohlasangiz, quyidagi raqam orqali xabar berishingizni soʻraymiz:
+998 99 837 87 65

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech