O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Toshkent viloyatida pandemiya sharoitida talab yuqori bo‘lgan dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘stonliq tuman bo‘limi hamda DBQning viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.K. va boshqalar pandemiya sharoitida talab yuqori bo‘lgan dori vositalarini dorixona va ularning filiallaridan tashqarida muomalaga kiritish orqali noqonuniy daromad orttirishni ko‘zlab, jami 460 quti “SARS-COV-2 lgM/lgC” nomli tibbiy buyumlarni 30 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Chinoz tuman bo‘limi, DXX hamda DBQning viloyat boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.Sh. va boshqalar oldindan til biriktirib, 175 quti “Remdesivir for Injection 100 mg/Vial” nomli dori vositalarini jami 7875 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Toshkent tuman bo‘limi hamda DBQning viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A. 8 300 dona “Nikozon-S” nomli dori vositasini jami 120 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech