O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Toshkentda sunʼiy nafas oldirish apparatlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Toshkentda 16 mart kuni Rossiyaning Shimco Group kompaniyasi va Slovakiyaning Chirana kompaniyasi tomonidan sunʼiy nafas oldirish apparatlarini ishlab chiqarish korxonasi ishga tushirildi.

Rossiya — Slovakiya — O‘zbekiston qo‘shma korxonasi Chirana Asia yiliga 500 donagacha uskuna ishlab chiqarishi mumkin. Ishlab chiqarishning umumiy qiymati 6 million dollarni tashkil etadi.

Shimco Group prezidenti Vasiliy Shimko taʼkidlashicha, Toshkentda ishlab chiqariladigan qurilmalarda turbina o‘rniga membranali kompressor ishlatiladi, bu esa xizmat muddatini sezilarli darajada oshiradi va ventilyatorga texnik xizmat ko‘rsatish narxini pasaytiradi.

Vasiliy Shimkoning maʼlum qilishicha, birinchi shunday apparat 2020 yil may oyida Toshkent shahridagi 1-sonli Respublika klinik kasalxonasiga yuborilgan.

Birinchi bosqichda sunʼiy nafas oldirish apparatlari ishlab chiqarish uchun Rossiya kompaniyasi 2 million dollarlik sarmoya kiritdi, kelajakda qo‘shma korxona anestezik hamda stomatologik uskunalar ishlab chiqarishni o‘zlashtirishni rejalashtirmoqda.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning deyarli 80 foizini Markaziy Osiyo mamlakatlariga, birinchi navbatda, Afg‘onistonga eksport qilish rejalashtirilgan va bundan tashqari, kompaniya Tojikiston va Qirg‘iziston bilan shartnomalar tuzgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilnig 30 iyun kuni Toshkent shahrida Slovakiya-Rossiya-O‘zbekiston “Chirana Asia” qo‘shma korxonasida yig‘ilgan birinchi o‘pkani sunʼiy shamollatish apparati Ibn Sino nomidagi 1-sonli Toshkent shahar kasalxonasiga taqdim etilgan edi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech