O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Butunjahon farmatsevtlar kunining bu yilgi mavzusi - “Global sog‘liqni saqlash tizimidagi o‘zgarishlar”.

2009 yilda Turkiyaning Istanbul shahrida Xalqaro farmatsevtika federatsiyasi (FIP) Kengashi tomonidan 25 sentyabr - Butunjahon farmatsevtlar kuni deya tasdiqlandi.

Xalqaro farmatsevtika federatsiyasi farmatsevtlarni ushbu kunda butun dunyo bo‘ylab farmatsevtning insonlar sog‘lig‘ini yaxshilashdagi rolini targ‘ib qiluvchi tadbirlarni o‘tkazishga undaydi.

“Bu yil biz o‘ninchi Butunjahon farmatsevtlar kunini nishonlamoqdamiz. Biz farmatsevtlar dunyo tinchligiga qanday hissa qo‘shayotganini ko‘rsatishga intilamiz. damlarning xavfsiz, samarali, sifatli va arzon dori vositalari va tibbiy texnologiyalarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, shuningdek, farmatsevtika xizmatlaridan foydalanishga keng imkoniyatlar yaratish shular jumlasidandir”, deydi Xalqaro farmatsevtika federatsiyasi prezidenti Dominik Jordan.

Butunjahon farmatsevtlar kunining mavzusi - sog‘liqni saqlash tizimidagi xizmat qilayotgan farmatsevtlarning odamlar sog‘lig‘ini yaxshilash yo‘lidagi zahmatli mehnatlari, shu jumladan sog‘lom turmush tarzi, kasalliklarning oldini olish uchun emlash va kasalliklarni samarali nazorat qilish bo‘yicha tavsiyalari, va shular orqali hayot sifatini yaxshilashlari to‘g‘risida aytishning bir imkonidir. Shu kuni, shuningdek, ushbu sohada xizmat qilayotgan olimlar sog‘liqni saqlash tizimidagi o‘zgarishlarga qanday hissa qo‘shayotgani, xavfsiz va samarali dori vositalari va vaksinalarni ishlab chiqish orqali odamlar hayotini uzaytirishi haqida gapiriladi.

Taʼlim jarayonida farmatsevtika bo‘yicha o‘qituvchilar jamiyatimizning o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun malakali farmatsevtlar va olimlarni tayyorlash orqali yuksak natijalarga erishayotganlari aytiladi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech