O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Ўқитувчи ва тиббиёт ходимлари учун 1 миллион дозадан ортиқ гриппга қарши вакцина етказиб берилади

Mamlakatimiz Prezidentining shu yil 26 avgustdagi “Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida yurtimizdagi barcha maktabgacha taʼlim, boshlang‘ich, umumiy o‘rta taʼlim va sog‘liqni saqlash muassasalarining xodimlari markazlashgan tartibda grippga qarshi emlanishi ko‘zda tutilgan edi. Ularni emlash bo‘yicha ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida ayni kunlarda ishlar davom etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining xabar berishicha, “Dori-darmon” AJ Rossiyaning grippga qarshi vaksina ishlab chiqaruvchilari bilan 1 million dozadan ortiq grippga qarshi vaksinani harid qilish bo‘yicha shartnoma tuzdi. Hozirda “Sovigripp” vaksinasining 250 ming dozasi hududlarga yetkazib berildi.

Bundan tashqari 15 oktyabrga qadar 40 ming doza, 30 oktyabrga qadar 250 ming doza, noyabr oyida esa 500 ming doza “Flyu-M” vaksinasini yetkazib berish mo‘ljallangan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech