O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Hurmatli farmatsevtika sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar diqqatiga!

Sizlarni Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan “Ochiq muloqot”iga tayyorgarlik ko‘rish doirasida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan taqdim etilgan 140 ta istiqbolli loyiha to‘g‘risida o‘tkaziladigan “Road Show”da ishtirok etishga taklif qilamiz.

Ushbu tadbir doirasida Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi direktori U. Egamov so'zga chiqib, O'zbekistonning bugungi kundagi farmatsevtika bozori va tarmoqda erishilayotgan yutuqlari hamda kelgusi yillarda erishilishi kutilayotgan natijalar, loyiha takliflari va ularni amalga oshirishda davlat tomonidan belgilangan qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida muhokama bo'lib o'tadi.

“Road Show” 17-avgust kuni soat 15:00 da “Hilton Tashkent City” mehmonxonasining 1-5-zallarida bo‘lib o‘tadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech