O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Uy sharoitida immunitetni ko‘tarish uchun qanday vitaminli choylarni ichish kerakligini bilasizmi?

Immunitet (lot. иммунитас) — bu organizmni o‘z hujayralari va to‘qimalariga zarar yetkazadigan turli xil moddalar va boshqa organizmlarning taʼsiridan himoyalanish qobiliyati bo‘lib, ichki muhitning gomeostazini saqlab qolish uchun asosan immunositlar funksional faolligining o‘zgarishi bilan tavsiflanadi. Baʼzi bir sabablarga ko‘ra, bu qobiliyat zaiflashishi mumkin. Bunday hollarda immunitetni oshirish talab etiladi.

Uy sharoitida immunitetni ko‘tarish uchun qanday vitaminli choylarni ichish kerak?

➖ O‘rtacha kattalikdagi uchta olma kesilib, ustidan 1 litr qaynagan suv solinadi, so‘ng past olovda 10 daqiqa qaynatib, 30 daqiqa tindiriladi, taʼbga ko‘ra asal qo‘shiladi va choy kabi ichiladi.

➖ Apelsinli choy: 1 qism apelsin po‘stlog‘i, 1 qism qora choy, 1/2 qism limon po‘stlog‘i. Barcha masalliqlarga qaynoq suv quyiladi: quruq aralashmaning 60 grammi uchun 1 litr. Taʼbga ko‘ra apelsinli sirop qo‘shilib, 5 daqiqa tindiriladi.

➖ 6 choy qoshiq qora choy 500 ml qaynoq suvda damlanib, 5 daqiqa tindiriladi, suzib olinadi, sovutiladi, teng miqdorda qora smorodina sharbati bilan birlashtiriladi va 1/3 yoki 1/2 qismga mineral suv bilan aralashtiriladi. Taʼbga ko‘ra shakar qo‘shish mumkin.

➖ Teng qismlardan naʼmatak mevalari qaynatmasi va issiq choy, taʼbga ko‘ra shakar va asal qo‘shish mumkin.

➖ Stakanga klyukva solinib, sanchqi bilan eziladi, shakar qo‘shiladi va issiq choy quyiladi.

➖ 50 ml olma sharbatiga 150 ml issiq achchiq choy qo‘shiladi.

➖ Immunitetni kuchaytirish uchun 2 qismdan do‘lana va naʼmatak mevalari, 1 qism malina mevalari, 1 qism ko‘k choydan iborat aralashma tayyorlanadi. 1 choy qoshiq quruq aralashmaga 1 stakan qaynoq suv nisbatida 30 daqiqaga damlanadi. Asal yoki murabbo qo‘shib ichiladi.

➖ 1 osh qoshiq dala qirqbo‘g‘imi bir stakan qaynoq suv bilan damlanadi, 1 soat tindiriladi va kun davomida ichiladi.

➖ 2 osh qoshiq quritilgan ittikanak o‘tiga 2 stakan qaynoq suv solib, 1 soat tindirish, so‘ng suzib olish kerak. Bu kunlik qabul qilish dozasi.

➖ Qonni tozalash uchun choy — qulupnay barglari, ittikanak o‘ti, moychechak gullari teng qismlarda olinadi. 1 osh qoshiq quruq arlashmaga bir stakan qaynoq suv nisbatida damlanadi. Choy o‘rniga ichiladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech