O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

O‘zbekiston farmatsevtika bozori 2019 yilda 1,0 mlrd.dollarni tashkil etdi va import ulushi 79,5% gacha qisqardi

Keyingi 5 yilda mahalliy dori vositalari eksporti 85,0 mln dollarga va ishlab chiqarish hajmining ichki bozordagi ulushini 70 foizga ko‘tarish ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika tarmog‘ida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 4554-sonli qarorining “2020-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasining farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish Konsepsiyasi” bilan tasdiqlangan.

Farmatsevtika bozori 2019 yilda 1,0 mlrd.dollarni tashkil etdi (109%), (2018 yilda-954.2 mln dollar) va import ulushi 79,5% gacha qisqardi (2018 yilda-81,3%) 2019 yilda 34 ta farmakoterapevtik guruhga mansub dori vositalarining ichida ulushi yuqori bo‘lgan mahsulotlar 59% gacha qisqardi, asosan akusherstva ginekologiya (99%), gastroenterologiya (80%), immunologiya (95%), kardiologiya (95%), nevrologiya (87%), stomatologiya (98%), endokrinologiya (94%) va boshqalar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 apreldagi “2019-2021 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini yana-da jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5707-sonli farmoni bilan 2019-2021 yillarda respublika hududida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish tavsiya etilgan dori vositalari guruhlari ro‘yxati (endokrin, onkologiya, yurak-qon tomir, viruslarga qarshi, immunobiologik kasalliklarini davolash dori vositalari, antibiotiklar, bolalarda sil bilan infeksiyalanishni erta aniqlash uchun diaskin testlari va boshqalar) tasdiqlangan.

2020 yil yanvar-may oyida mahalliy ishlab chiqarilgan dori vositalari 179,4  mln. qadoqni tashkil etib, umumiy qiymati 825,9 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, 2019 yil yanvar-may oyiga nisbatan 102 foizga (qiymati) va 105 foizga (miqdori) o‘sgan (2019 yil yanvar-may oylarida – 812,7 mlrd. so‘mni 171,2 mln. qadoq dori vositalari ishlab chiqarilgan). Joriy yil yanvar-may oyida mahalliy ishlab chiqarish prognozga nisbatan 101 foizga (qiymati) va 103 foizga (miqdori) bajarilgan.

2020 yilda eksport prognozi 35,2 mln. dollar belgilangan bo‘lib, 2019 yilga nisbatan 24,5 foizga o‘sish surʼati bilan belgilandi. Bugungi kunda mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan 25 ta farmakoterapevtik guruhga mansub 237 ta dori vositalari va 9 nomdagi tibbiy buyumlar 15 ta chet el mamlakatlarida kayd etildi va eksport qilinmoqda, 2020 yil yanvar-may oylarida 15,1 mln. dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirildi.

2019 yil yanvar-may oyida respublikaga import qilingan farmatsevtika mahsulotlari hajmi 325 mln. dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2020 yilning shu davrida 343 mln. dollarni tashkil etdi va o‘tgan yilga nisbatan 15,0 mln. dollarga yoki 5,5% foizga oshdi. 12 farmatsevtika korxonalari tomonidan 14 ta xorij mamlakatlariga 61 nomdagi dori vositalar va tibbiy buyumlar eksporti amalga oshirildi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech