O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i doimiy ravishda qayerlarda va qaysi tadbirlarda ko‘tarilishi kerak?

“O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonunning 5 moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i:

1) doimiy ravishda:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorgohlarining;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining;
respublika davlat boshqaruvi organlarining;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining;
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashining;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining;
sudlarning;
prokuratura organlarining binolarida;
 

2) doimiy ravishda:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining;
respublika davlat boshqaruvi organlarining;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining;
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashining;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining majlislar zallarida;
 

3) doimiy ravishda:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raislarining;
respublika davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisining;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining;
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi raislarining;
viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlarining;
O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari boshliqlarining xizmat xonalarida;

4) O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan bayram kunlarida — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlarining qarorlari bilan belgilangan markaziy ko‘chalarda, maydonlarda, boshqa jamoat joylarida va obyektlarda;

5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Senati aʼzolari, xalq deputatlari Kengashlarining deputatlari saylovi yoki referendum kunlarida — ovoz berish o‘tkazilayotgan binolar va xonalarda;

6) O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari binolarida yoki hududlarida va transport vositalarida — xalqaro huquq normalariga, diplomatik protokol qoidalariga hamda vakolatxonalar va muassasalar joylashgan davlatning qonun hujjatlariga muvofiq;

7) xorijiy davlatlar davlat va hukumat boshliqlarining, boshqa rasmiy delegatsiyalarning xalqaro huquq normalariga, diplomatik protokol qoidalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishining tasdiqlangan dasturiga muvofiq transport vositalarida, vokzallarda, aeroportlarda, yurish yo‘nalishi bo‘yicha va boshqa tashrif obyektlarida;

8) rasmiy shaxslar sifatida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasining boshqa rasmiy delegatsiyalari rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari boshliqlari tushgan chet eldagi dengiz va daryo kemalarida, boshqa transport vositalarida;

9) O‘zbekiston Respublikasi kemalar qatnovi inspeksiyasining kemalar reyestrida ro‘yxatga olingan dengiz va daryo kemalarida;

10) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy birlashmalarida, qo‘shilmalarida va qismlarida, shuningdek boshqa harbiy tuzilmalarida — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy ustavlariga muvofiq;

11) doimiy ravishda O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan o‘tish punktlarida;

12) sport maydonlarida — O‘zbekiston Respublikasi chempionatlarini, milliy terma komandalar ishtirokida xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazish vaqtida hamda xalqaro sport musobaqalarining O‘zbekiston Respublikasi sport terma komandalarining vakillari bo‘lgan g‘oliblarini mukofotlash marosimlarini o‘tkazish vaqtida ko‘tariladi.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i unga nisbatan lozim darajadagi hurmat taʼminlangan holda umummilliy bayramlar va tantanali tadbirlar vaqtida ko‘tarilishi mumkin.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech