O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Узфармагентлик мутахассислари Наманганда учрашув ўтказдилар

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 apreldagi №5707-son Farmoniga binoan, 2022 yilning 1 yanvariga kadar farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi barcha mahalliy korxonalar “Zarur distribyutorlik amaliyoti” (GDP) milliy talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi belgilangan. Ushbu Farmondan kelib chiqib kabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 18 sentyabrdagi 788-son qaroriga muvofiq, Zarur amaliyotlar (GxP) talablariga muvofiqlik yuzasidan sertifikatlashtirish talablari belgilangan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, joriy yilning 25 fevral kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mutaxassislari Namangan viloyatida dori vositalarining ulgurji realizatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi 40 dan ortiq korxona vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Xalqaro standartlarni joriy etishni muvofiqlashtirish  boshqarmasi boshlig‘i Faroxat Tashmatova va Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazining Zarur amaliyotlar (GxP) milliy inspektorati bo‘limi boshlig‘i Dilshod Xasanov qatnashishdi.

Yig‘ilish qatnashchilari tomonidan “Zarur distribyutorlik amaliyoti” (GDP) talablari bo‘yicha korxonalarda amaliyotga joriy etilishi lozim bo‘lgan boshqaruv tizimi, xujjatlar, hodimlar malakasi hamda asbob uskuna va binolarga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha berilgan savollarga javoblar va tegishli maslahatlar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech