O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Vaksina haqida juda ko‘p gaplarni eshityapmiz: Rossiyada vaksina, Xitoydagi 2 yilga yetadigan vaksina. Bu ma’lumotlar qay darajada haqiqatga yaqin?

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov AOKAda o‘tkazilgan brifingda COVID-19ga qarshi yaratilishi kutilayotgan vaksina to‘g‘risidagi savolga javob berdi.

Bugungi kunda butun dunyoning turli mamlakatlarida olimlar tomonidan pandemiyani kelib chiqishiga sabab bo‘lgan koronavirus infeksiyasiga qarshi 300 xildagi vaksina sinovdan o‘tkazilmoqda va bu boradagi izlanishlar yaqin kunlarda oxiriga yetadi. Vaksinalarni sinashni klinikagacha bo‘lgan fazasi bugungi kunda tugallangan bo‘lib, endi ularni sinashni klinik fazasiga o‘tilgan.

«O‘z navbatida klinik fazalarning o‘zi 3 ta fazadan iborat bo‘lib, birinchi fazada bir nechta odamda, ikkinchi fazada har xil yoshdagi guruhlarda, yaʼni bolalar, kattalar va yoshi katta odmlarda o‘tkaziladi. Va nihoyat uchinchi fazada mingdan ortiq odamlar sinovdan o‘tkaziladi. Vaksinalarni tezlik bilan sinovdan o‘tkazishning o‘zi 6 oy vaqtni oladi. Shu vaqt davomida immunizatsiya qilingan odamlarda vaksinaning samaradorligi va nojo‘ya taʼsirlari o‘rganiladi», dedi Otabekov.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech