O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Davlat ro‘yxatidan o‘tgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarning sifatsiz, belgilangan talablarga nomuvofiq ishlab chiqarilgan, nuqsonli holatlariga duch kelganda kimga va qayerga murojaat qilish kerak?

Farmatsevtika faoliyatini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, aholi va sog‘liqni saqlash muassasalarining arzon, sifatli dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalari bilan taʼminlanganlik darajasini yana-da oshirish, ularning ishlab chiqarilishi, olib kirilishi va sotilishini muvofiqlashtirishning yagona tizimini joriy etish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 noyabridagi “Farmatsevtika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” 5229-son Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish Agentligi tashkil etildi.

Agentlikka, tarmoq korxonalariga yetakchi xorijiy farmatsevtika korxonalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda, farmatsevtika mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh, yuqori sifatli yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishda ko‘maklashish bilan birga, farmatsevtika tarmog‘ini, shu jumladan farmatsevtika mahsulotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, shuningdek, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash yo‘li bilan davlat tomonidan boshqarish vazifasi yuklatilgan.

Yuqorilardagilardan kelib chiqib, yurtdoshlarimizga shuni maʼlum qilamizki, agar siz davlat ro‘yxatidan o‘tgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarning sifatsiz, belgilangan talablarga nomuvofiq ishlab chiqarilgan, nuqsonli holatlariga duch kelsangiz, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining @uzpharmagency_bot aloqa botiga yoki (71) 2340604 ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.

Har bir murojaat shaxsan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori boshchiligida murojaatchining shaxsi qonunda belgilangan tartibda mutlaqo sir saqlangan holda o‘rganiladi va o‘rganish natijalari bo‘yicha hujjatlar zarur hollarda qonuniy baho berish uchun tegishli vakolatli organlarga taqdim etiladi.

Maʼlumot o‘rnida, anonim (muallif ismi, sharifi, yashash joyi ko‘rsatilmagan yoki soxta bo‘lgan) murojaatlar O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” Qonuniga  asosan ko‘rib chiqilmaydi!

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech