O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Xitoyda 18 yoshdan 59 yoshgacha bo‘lgan 700 dan ortiq kishida o‘tkazilgan tadqiqotlarda ishlatilgan vaksina immunitet hosil qildi

Xitoyning Sinovac Biotech biofarmatsevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan COVID-19ga qarshi vaksina klinik sinovlarda inson salomatligi uchun xavfsizligi va tezkor immunitet reaksiyasini yaratish qobiliyatini namoyish etdi. Bu haqda The Lancet Infectious Diseases jurnali maʼlum qildi.

Emlangan ko‘ngillilarda antitelalar darajasi COVID-19dan muvaffaqiyatli tuzalganlarnikiga qaraganda pastroq, ammo, bu biologik vositaning inson tanasini virusli infeksiyadan himoya qilish qobiliyatiga taʼsir qilmadi, deyiladi tadqiqotlar natijalarida.

CoronaVac  vaksinasi 18 yoshdan 59 yoshgacha bo‘lgan 700 dan ortiq kishida o‘tkazilgan tadqiqotlarda ishlatilgan.

«Ishtirokchilarga 14 kunlik oraliqda 2 doza vaksina berildi. Natijalar preparatning samaradorligini va pandemiya paytida favqulodda vaziyatda foydalanishga yaroqliligini ko‘rsatadi», dedi ilmiy maqola mualliflaridan biri Chju Fensay.

Uning taʼkidlashicha, emlashdan keyin immunitetning qancha vaqt saqlanib qolinishini aniqlash uchun navbatdagi tadqiqotlar o‘tkazilishi kerak.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech