O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Xitoyda burunga purkaladigan COVID-19 vaksinasi sinovlari boshlandi

Burunga purkaladigan vaksinaning ustun jihati shundaki, u ham tizimli, ham burun va tomoqda paydo bo‘lib, virusga qarshi darhol kurashadigan lokal immunitet hosil qiladi, deydi immunolog Frenses Lund.

Xitoyda burunga purkaladigan koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlari boshlanmoqda. Bu haqda Bloomberg xabariga tayanib Kun.uz maʼlumot berdi.

9 sentyabr kuni Xitoy klinik tadqiqotlar idorasi sinovlar o‘tkazilishini maʼqulladi. Vaksina Beijing Wantai Biological Pharmacy Enterprise farmatsevtika kompaniyasi bilan hamkorlikda Syamen va Hongkong universiteti olimlari tomonidan yaratilgan.

Bu Xitoyda odamlarda sinalayotgan koronavirusga qarshi o‘ninchi, ammo sprey ko‘rinishidagi birinchi vaksinadir, deb yozadi Bloomberg.

Burunga purkaladigan vaksinaning ustun jihati shundaki, u ham tizimli, ham burun va tomoqda paydo bo‘lib, virusga qarshi darhol kurashadigan lokal immunitet hosil qiladi, deydi Birmingemdagi Alabama universiteti immunologi va vaksinalar ishlab chiquvchi Frenses Lund.  

Hozirda dunyo bo‘yicha ikkita vaksina – Gamaleya nomidagi milliy markaz ishlab chiqqan Rossiya vaksinasi va Xitoyning CanSino Biologics Inc kompaniyasi vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech