O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

YUNISEF 92ta davlatga vaksinani tezkorlik bilan yetkazish bo‘yicha amaliyotga tayyorlanmoqda

 

BMTning Bolalar jamg‘armasi YUNISEF SOVAX mexanizmi doirasida 92ta davlatga koronavirusga qarshi vaksinani tezkorlik bilan yetkazish uchun logistika va tashuvlar bilan shug‘ullanuvchi 350dan ko‘proq kompaniya bilan muzokaralar o‘tkazdi.

“YUNISEF tayyorgarlikni boshlash uchun Panamerika sog‘liqni saqlash tashkiloti ((PAHO) va Xalqaro havo transporti uyushmasi (IATA) bilan birgalikda yetakchi aviakompaniyalarni qanday ko‘lamdagi tashuvlar talab etilishi haqida xabardor qildi va ular bilan 2021 yilda 2 mlrd doza vaksinani qanday tashish mumkinligini muhokama qildi. Bundan tashqari, dengiz yo‘li bilan 1 mlrd dona shprisni yetkazish kerak bo‘ladi”, – deyilgan YUNISEF bayonotida. 

Yaqin orada xalqaro tashkilot past va o‘rta daromadli 92ta davlatga vaksinani uzluksiz yetkazishni taʼminlash uchun mavjud transport salohiyatlarini baholaydi.   

“Vaksinani sotib olish, yetkazish va taqsimlash tarixda bunday turdagi eng yirik va tezkor amaliyot bo‘lishi kutilmoqda”, – deb maʼlum qilingan tashkilotda. 

Avvalroq YUNISEF Panamerika sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan birgalikda 2021 yilda koronavirusga qarshi 2 mlrd doza vaksina sotib olishga tender eʼlon qilgani maʼlum qilingandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech