O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

"Bo‘stonliq-farm" va "Parkent-farm" erkin iqtisodiy zonalardagi korxonalar faoliyati o‘rganildi.

2023 yil 28 noyabrdagi Davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishdagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Agentlik direktori tomonidan hududlardagi farmasevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar bilan birma-bir uchrashib, muammolari o‘rganilmoqda. Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Toshkent viloyatidagi “Bo‘stonliq-farm” erkin iqtisodiy zonasida faoliyat yuritayotgan korxonalar bilan tanishdi va 2024-2025 yillarda ishga tushishi rejalashtirilgan loyihalarni, qurilish jarayonlarini borib ko‘rdi.

Bugungi kunda “Bo‘stonliq-farm” EIZning 34,5 gektar yer maydonida 12 ta loyihalar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, "Planta Farm" MCHJ tomonidan mahalliy xom ashyo asosida tayyor dori vositalari ishlab chiqarish loyihasi;
"Alphaone Pharmaceutical Company" MCHJ tomonidan tayyor dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi;
"Radiks" MCHJ tomonidan tibbiy doka, sterillangan va sterillanmagan bint, gipsli bint, umurtqa uchun belbog‘, operatsiyadan keyingi belbog‘, tamponlar, sterillangan salfetkalar, kosmetik disklar va dokali bint ko‘rinishidagi paxta mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi;
"Mutabar Medical Standart" MCHJ tomonidan virusga qarshi va tayyor dori vositalarini ishlab chiqarish loyihasi;
"Naff Medical" MCHJ tomonidan biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarish loyihasi;
"Medflora" MCHJ tomonidan galinika mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi;
"Precise Ucind" MCHJ tomonidan dori vositalari ishlab chiqarish loyihasi;
"SV Microbiology" MCHJ tomonidan Stafilakokga qarshi vaksina va boshqa dori vositalari ishlab chiqarish va boshqa loyihalar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Loyihalar to‘liq quvvat bilan ishga tushgandan so‘ng yillik ishlab chiqarish hajmi 412,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, 1183 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Infrastruktura, markirovka, eksportni oshirish, yangi loyihalarni moliyalashtirish, mahsulotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda bo‘lgan muammolarni ijobiy hal etish maqsadida tegishli tashkilotlar rahbarlari bilan telefon orqali muloqot qilinib, muammolar qisqa muddatda hal etilishida ko‘maklashish so‘raldi.

Agentlik direktori Abdulla Azizov Toshkent viloyatidagi "Parkent-farm" EIZdagi korxonalarda bo‘lib, tadbirkorlar bilan yuzma-yuz uchrashdi. Korxonalardagi mavjud holat o‘rganilib, muammolar ijobiy hal etilishini bildirdi.

“Tandem Pharm” korxonasi galen dori vositalari, ikki bosqichli dori vositalari ishlab chiqaradi. Korxonada bugungi kunda 20 nafar ishchi xodimlar faoliyat yuritmoqda.
Korxona bugungi kunda GMP sertifikatini olish arafasida, shu sababli ish faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilgan.

“Renmin Healthcare” korxonasi tayyor dori vositalari ishlab chiqaruvchi 3-bosqichli korxona bo‘lib, birinchi bosqichi 2020 yilda ishga tushirilgan. Korxonaning 2-bosqichi 2024 yilning yakuniga qadar va 3-bosqichi 2025 yilda ishga tushishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda 32 nafar ishchi xodimlar faoliyat yuritmoqda. Korxona xozirda GMP sertifikatini olish maqsadida ariza topshirgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech