O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Andijon viloyatidagi ayrim shifoxona ichki dorixonalarida qonunbuzilish holatlari aniqlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogini rivojlantirish Agentligining Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan 2021 yil II-IV choraklarda farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi davlat tibbiyot muassasalari dorixonalarining litsenziya talab va shartlariga rioya etishlarini nazorat qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan tekshirishlar reja jadvaliga muvofiq, 2021 yil 24-25 avgust kunlari Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon viloyati filiali, Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Asaka tuman tibbiyot birlashmasi, Marhamat tuman tibbiyot birlashmasi, Qӯrg‘ontepa tuman tibbiyot birlashmasi, Shahrixon tuman tibbiyot birlashmasi ichki dorixonalarida tekshirish ishlari o‘tkazildi.

Tekshiruvlarda ayrim tibbiyot muassasalari tomonidan litsenziyalarining amal qilish muddati tugaganligiga qaramay dori vositalarini tayyorlash faoliyatini litsenziyasiz noqonuniy ravishda amalga oshirayotganlik holatlari, ayrim dorixona binolari buzib tashlanganligi, dorixonalar bino va xonalari sanitariya holati qoniqarsiz darajada ekanligi, bino va xonalar kapital taʼmirtalab holga kelib qolganligi, masʼul rahbar xodimlarning eʼtiborsizligi oqibatida dori vositalarini tayyorlash tartibiga amal qilinmayotganlik hamda ularni saqlash sharoitlari buzilganligi kabi qonunbuzilish xolatlari aniqlanib, ularga nisbatan tegishli taʼsir choralari belgilandi.

Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech