O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

1 sentyabrdan “Dori vositalari va tibbiy buyumlar” mahsulot guruhi uchun raqamli markirovkalash tizimini joriy etish boshlanadi

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 9 avgust sanasida “CRPT TURON” MCHJ, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va Davlat soliq qo‘mitasi hamkorlikda jurnalistlar, OAV vakillari hamda blogerlar uchun yurtimizda faoliyat yuritayotgan "Nika pharm" korxonasiga press-tur uyushtirdi.

Mazkur press-tur “1-sentyabrda O‘zbekistonda dori vositalarining markirovkasi boshlanishi: bosqichlar va jarayonlar” mavzusida bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida mehmonlar “Nika pharm” MCHJ ishlab chiqarish maydonchasida “Asl Belgisi” raqamli markirovkalash tizimi, ishlab chiqarish jarayonida kodlarni qo‘llash mexanizmlari bilan yaqindan tanishishdi hamda markirovkali dori vositalarining ikkilamchi qadoqlarda qanday ko‘rinishi shuningdek markirovkalash tizimining isteʼmolchilar uchun afzalliklari va dori vositalarining haqiqiyligini qanday tekshirish mumkinligini bilish bo‘yicha tegishli maʼlumotlarga ega bo‘lishdi.

Markirovkalash tizim operatori “CRPT TURON” MCHJning maʼlumotlariga ko‘ra, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va xorijiy RS egalarining akkreditatsiyalangan vakolatxonalari jarayonni boshlashga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.

 

Shuningdek yurtimizdagi yirik mahalliy ishlab chiqaruvchilardan “Nobel-pharmsanoat” XK, “Serene healthcare” MCHJ QK, “Jurabek Laboratories” MCHJ QK, “Nika pharm” MCHJ, “Neogalenfarm” MCHJ, “ATM Sanita Pharma” MCHJ QK, “ATM pharm” MCHJ QK va boshqalar o‘z ishlab chiqarish liniyalarini jihozlab, ishga tushirishga tayyor holatda.

Hozirgi kunda “Milliy katalog”ga 2850 dan ortiq dori vositalari nomi kiritilgan.

Endilikda xaridorlar “Asl Belgisi” mobil ilovasi orqali dori vositasini ikkilamchi (tashqi) qadoqlardagi raqamli kodni skanerlab, mahsulot haqidagi barcha maʼlumotlarini olishi, uning haqiqiyligini tekshirishi imkoniga ega bo‘ladi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech