O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

“103” ga qo‘ng‘iroq SIZ ULARNI AYBLAMANG!

Isitma 38 darajadan oshdi... Xavotir ko‘nglingizni chulg‘adi. Telefon yoningizda darrov 103 raqamini terib tez yordam chaqirishga kirishdingiz. Hech kim ko‘tarmadimi yoki ko‘tarib aniq javob bermadimi?!

Bir yonda isitmadan xolsizlanayotgan yaqiningiz, bir tomondan javobsiz yoki mavhum javoblar. Ko‘nglingizga yomon oralamasin, tugilgan mushtingizni biroz qo‘yib yuboring, tilingiz behudaga aylanmasin, aql bilan ish ko‘rish mumkinku. Oilaviy poliklinika shifokorini chaqiring yoki hamshirani, agar ular ham qayergadir chiqib ketgan bo‘lsa aslo achchiqlanmang. Chunki sizdek aziz insoniga yordam berishga oshiquvchilar ko‘p. Ular esa kamchilik. Borlari ham jang maydonida (agar jang maydoni deb olsak bu vaziyatni) yaralangan jangchidek isitmada yonib yordamga muhtoj.

Siz azizlaringizni qutqarishga chopasiz, ular sizga yordamga oshiqadi, ulgursa g‘alaba, ulgurolmay qolsa mag‘lubiyat... Axir bu- hayot, axir bu -imkonsizlik, axir bu ....

Kecha-yu Kun.uz oylar davomida farzandalarini bag‘riga bosmagan shifokor o‘z oilasidan xabar olishga vaqti yo‘q. Eng og‘ir vaziyatda unga yordamchi hamshiraning madori qurimoqda. Siz-ku biror bir imkonni topishingiz mumkin. Ammo shunday shifokorlar bor-ki o‘z yaqinlari bilan diydorni qiyomatga qo‘yib bu dunyodan ko‘z yummoqda.

Siz ular uchun yig‘laysizmi...
Siz ular uchun kuyuinasizmi..
Siz ular uchun bir soniya vaqtingizni berasizmi...
Siz ularga bir tabassum ko‘rsatasizmi...

Siz ularni ayblamang...
Siz ularni tushining...
Siz ularga ko‘mak bering...
Qo‘lingizda 103 raqamini terish bilan vaziyat yengillashmaydi. Siz ham tafakkur qiling...

Nargiza Kamalova. Jurnalist, “Oltin qalam” milliy mukofoti sohibi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech