O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

139 dona tabletka “REGAPEN (Pregabalin)” dori vositalarining noqununiy aylanmasi to‘xtatib qolindi

Sifati kafolatlanmagan va kuchli taʼsir etuvchi dori vositalarini noqonuniy yo‘llar bilan saqlanishi va tashilishiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish  va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati vakillari bilan hamkorlikda kuchli taʼsir qiluvchi dori-vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi.

Tezkor tadbir davomida fuqaro A.J.ga Toshkentdan Buxoroga “Lasetti” rusumli avtomashinada berib yuborilgan qutichani qabul qilib olayotgan vaqtda to‘xtatilib o‘rnatilgan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, ushbu qutichada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 sentyabr kunidagi 818-sonli “O‘zbekiston Respublikasida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori bilan muomalasi cheklangan, kuchli taʼsir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan jami 139 dona tabletka “REGAPEN (Pregabalin)” dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech